Ukraina Oliy Radasi mamlakat Mudofaa vazirligi bilan birgalikda xorijdagi ukrainalik erkaklarni safarbar qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini tayyorlaş ustida işlamoqda. Bu haqda Radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi vakili Vadim Ivçenko xabar berdi.
«Bu keng qamrovli qonun loyihasidir, uni deputatlar, Mudofaa vazirligi va Boş ştabning butun jamoasi birgalikda işlab çiqmoqda», dedi deputat.
Unga köra, qonun loyihasini 2024 yil yanvar oyida ovozga qöyiş rejalaştirilmoqda.
«Çet eldagi ukrainaliklar ham vatanidagi kabi identifikatsiya qiliş tartib-qoidalaridan ötişlari kerak. Agar kimdir safarbarlikka majburlar röyxatiga kiritilsa, albatta çaqiruv qoğozi oladi. Bu oddiy jarayon. Keyin esa u tanlaşi kerak: Ukrainaga qaytib keliş yoki çet elda qoliş. Agar xorijda qolsa, Ukraina qonunçiligini buzgan böladi», deb tuşuntirdi Ivçenko.
Uning qöşimça qilişiça, xorijda qolganlarga konsullik xizmati körsatilmasligi mumkin. Ya’ni, unda hujjatlar bilan boğliq muammolar paydo böladi. Şuningdek, bank kartalari ham bloklanişi mumkin.
Hujjat hali parlamentda röyxatdan ötkazilişi, ikki öqişda muhokama qilinişi va prezident imzosini olişi kerak.












