Samarqand viloyati Urgut tumanida uçta transport hodisasi iştirokida sodir bölgan YTHda haydovçilardan biri halok bölgan.
IIV YHXB axborot xizmati xabar berişiça, hodisa 2023 yil 16 dekabr kuni Urgut tumanidan ötuvçi 4R-47 Bulunğur-Urgut avtomobil yölining Sariqtepa mahallasidan ötgan qismida sodir bölgan.
Urgut-Nisbot yönalişida harakatlanayotgan «Lasetti» maşinasi oraliq masofani saqlamagan va özidan oldida ketayotan «Isuzu» avtobusning orqa tomoniga borib urilgan.
Oqibatda avtobus havdovçisi boşqaruvni yöqotgan va yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketib, öz yölidan harakatlanib kelayotgan «Nexia-3» bilan töqnaşgan.
Hodisa tufayli «Nexia-3» haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











