2023 yilning ötgan davrida Samarqand viloyatiga 4,5 mln nafar mahalliy va 2 mln 150 ming nafar xorijiy sayyoh kelgan. Natijada turistik xizmatlar eksporti 405,9 million dollarni taşkil etgan. Bu haqda viloyat turizm boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yilda xorijlik sayyohlarning Samarqandda qolişi örtaça 2,7 kunni taşkil etgan. 2022 yilda bu körsatkiç örtaça 1,5 kunni taşkil etgan. Joriy yilda 1,8 baravar bölgan.
Hozirgi paytda Samarqand viloyatida 16 286 örinli 600 ta mehmonxona sayyohlarga xizmat körsatmoqda. Ulardan 25 ta mehmonxona, 36 ta hostel va 53 ta oilaviy mehmon uylari 2023 yilda iş boşlagan.
Şuningdek, viloyatda 83 ta turistik taşkilot (68 ta turoperator va 15 ta turagentlar) faoliyati yölga qöyilib, ularning soni 281 taga yetkazilgan.
Sayyohlarning viloyatda böliş muddatlarini uzaytiriş maqsadida Samarqand şahridagi Boğibaland mahallasiga Turizm mahallasi, Bozorov köçasiga Turizm köçasi hamda Urgut tumanidagi Tersak qişloğiga Turizm qişloği maqomi berilgan hamda San’at galereyasi, Xalqaro turizm akademiyasi kabi yangi turizm obektlari faoliyati yölga qöyilgan.
Samarqand viloyatiga taşrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uçun viloyatda 300 dan ortiq madaniy köngiloçar tadbirlar, 50 dan ortiq konferensiya, forum, sammit hamda xalqaro tadbirlar ötkazilgan.
Qayd etilişiça, 2024 yilda Samarqand viloyatiga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 2,5 mln nafarga, turizm xizmatlari eksporti 500 mln dollarga yetişi kutilmoqda.












