Özbekistondan Qirğizistonga 590 ming AQŞ dollarini ötkazmoqçi bölgan şaxslarga sud hukmi öqildi. DXX matbuot xizmati xabar berişiça, Andijon şahrida yaşovçi, 1998 va 2002 yillarda tuğilgan 2 nafar şaxs 2023 yilning may oyida Toşkent şahrida juda köp miqdordagi çet el valutalarini qabul qilib olib, ularni jinoiy şeriklariga yetkaziş uçun Farğona viloyati tomon yöl olişgan.
Farğona viloyatining Yozyovon tumani hududida ular uşbu xorijiy valutalarni Qirğizistonga bojxona nazoratini çetlab, ötkazişi kerak bölgan, Quvasoy şahrida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro bilan uçraşgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olindi.
Ular harakatlanib kelgan Spark rusumli avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, avtomaşina salonida 4 dona qora rangli polietilen paketlarga öralib, skotç bilan mahkamlangan jami 590 945 AQŞ dollari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruh yetakçisi bölgan Quvasoy şahrida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan şaxs ham qölga olindi.
Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudi tomonidan uşbu şaxslarning 2 nafariga nisbatan 5 yil, qolgan 2 nafariga nisbatan esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, aşyoviy dalil sifatida olingan 590 945 AQŞ dollari va Spark rusumli avtomaşina davlat egaligiga ötkazildi.












