Mamlakatdagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay, Afğonistonning milliy valutasi (afğoniy) dunyodagi eng kuçaygan valuta deb topildi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph naşri yozdi. 

Ta’kidlanişiça, bu yil afğoniy kursi AQŞ dollariga nisbatan 28 foizga ösib, «2018 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi». 

Uşbu körsatkiç böyiça afğon valutasi eng yaqin ta’qibçisi, Kolumbiya valutasini (peso, 13 foiz) ikki barobardan köp ortda qoldirdi. 

Eng muvaffaqiyatli valutalar uçligiga Albaniya valutasi (lek) ham kirdi. U 2023 yil boşidan beri dollarga nisbatan 13 foizga mustahkamlandi. 

Naşr Afğoniston valutasining kuçayişini insonparvarlik yordami oqimi davom ettirilgani bilan boğlamoqda. Şuningdek, rasmiylar tomonidan xorijiy valutaning işlatilişiga qöyilgan taqiq ham afğon valutasiga bölgan talabning oşişiga olib kelgani ta’kidlanmoqda. 

Qayd qiliş joiz, 2021 yil avgustda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati Afğonistonda AQŞ dollari va Pokiston rupiyasi muomalasini taqiqlab qöygan edi. Qonunbuzarlarga har xil jazo, jumladan qamoq jazosi ham tahdid qiladi. 

The Telegraph naşri ma’lumotlariga köra, dunyoda eng kuçsizlangan valutalar uçligiga Argentina (peso, -54 foiz), Nigeriya (nayra, -44 foiz) va Angola (kvanza, -39 foiz) valutasi kiradi.