Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi 2024 yil 3 aprelidan Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Parvozlar har kuni Vnukovo aeroportidan amalga oshiriladi, dedi kompaniya vakili jurnalistlarga.
«Bu aviakompaniya uchun yangi yo‘nalish. Hozir «Pobeda» har kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga uchmoqda», dedi u.
O‘zbekistondan tashqari «Pobeda»ning xorijiy yo‘nalishlar tarmog‘i BAA, Belarus, Turkiya va Armanistonga reyslarni ham o‘z ichiga oladi.
«Pobeda» - Moskvaning Vnukovo va Sheremetevo aeroportlarida joylashgan «Aeroflot» kompaniyasining loukosteri (arzon aviakompaniyasi) hisoblanadi. Tashuvchining parki faqat ekonom-klass kabinalariga ega Boing 737-800 samolyotlaridan iborat.

















