4 avgust kuni Toşkent şahri, Yunusobod tumanida 31 yoşli erkak qölida guldasta bilan yalanğoç holda jamoat joyida yurgani aniqlangan edi. Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan ötkazilgan tekşiruv jarayonida u Ruhiy-asab kasalliklar guruhi şifokori tomonidan körikdan ötkazilgan. Natijada uning ruhiyati buzilgani aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. 

Söngra, u şifoxonadan qoçib ketib, Namangandagi tovuq fabrikalaridan biriga borib, işga joylaşgan va şu joyda yaşagan. Keyinçalik fabrika qorovuli bilan gap talaşib, uni piçoqlab öldirgan. 

Ruhiy-asab kasalliklar şifoxonasi tomonidan unga «aralaş dissotsiativ buziliş» taşxisi qöyilib, jinoyatni aqli noraso holatida sodir etgan deb topilgan va majburiy davolanişga yuborilgan.  

Holat yuzasidan jinoyat işi materiallari noyabr oyida sudga yuborilgani ta’kidlanmoqda.