2024 yil 1 apreldan yuk kötariş quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uçun tabaqalaştirilgan yillik 1,7-3,4 mln söm (BHM 5-10 baravari) miqdorda «yöl yiğimi» joriy etiladi. Bu 2024 yil uçun Davlat budjeti töğrisidagi qonunda belgilangan.
Soliq qömitasi xabariga köra, yuk kötariş quvvati 10 tonnadan yuqori bölgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yöllari böylab harakatlanişi huquqi uçun yiğim Transport vazirligining hududiy boşqarmalari tomonidan undirilişi közda tutilmoqda.
Mazkur yiğim joriy etilişi natijasida 63 mlrd söm mablağlar umumfoydalanişdagi yöllarni saqlaş va joriy ta’mirlaş uçun yönaltiriladi.
Respublikada yuk kötariş quvvati 10 tonnadan ortiq 30 080 ta transport vositalari va tirkamalar mavjud.












