RF Qora dengiz floti qömondonligi Ukraina bilan keng kölamli uruşga desant bölinmalari tuşiriş, Odessa portiga reydlar uyuştiriş, sohil böylab amaliyotlar ötkaziş va yuriş qilayotgan qöşinlar qanoti himoyasini ta’minlaşni rejalaştirgan holda kirgandi. BBC Ukraina harbiy şarhlovçisi Kirill Danilçenko Qora dengiz hududidagi harbiy harakatlar rivojini tahlil qildi. 

«Moskva» kreyseri Rossiya Qora dengiz floti flagmani edi. Ukrainlarning «Neptun» raketasi zarbasidan çökib ketmaguniça

Buning uçun Boltiq va Şimoliy flotlardan törtta yirik desant kema, şuningdek Kaspiy va Boltiq dengizidan dengiz piyodalari batalyonlari qöşimça kuçlar sifatida olib kelingandi.

Ammo Ukraina — öz aviatsiyasi, OTRK (operativ-taktik raketa komplekslari), oğir reaktiv tizimlari va masofadan minalaştiriş imkoniyatlariga ega bölgan mamlakat edi.

Şu tufayli ruslarni ukrainlarga qarşi yengil sayohat kutmayotgandi.

Rossiyaliklar ilk kunlarda Odessani artilleriyadan öqqa tutib, ukrain sohillarida radiolokatsiya vositalari bilan navbatçilik qilib, «Kalibr» raketalari uçirib, tezda Berdyansk portini egallab va Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining Oçakovdagi operativ markaziga qanotli raketalar bilan oğir zarbalar yöllaş (öşanda ukrain harbiylarining jasadlari ğavvoslar tomonidan olib çiqilgandi) orqali dadil harakat qilgandi.

Ammo ğalabadan sarmastlik uzoq davom etmadi. Va Ukrainaning amalda öz floti yöqligiga qaramay şunday böldi.

Rossiya flotining yöqotişlari

Rossiya Qora dengiz floti nimalarni boşdan keçirdi?

«Saratov» yirik desant kemasi uruşning dastlabki davrida Berdyanskda yöq qilingandi, Rossiya buni bir yil ötib tan oldi
  • Dengizda ekipajsiz dronlar hujumi. Masalan, Novorossiyskka qilingan reyd vaqtida «Olenegorskiy gornyak» yirik desant kemasi (Şimoliy flotdan olib kelingan kema)ga jiddiy şikast yetkazildi.