27 dekabr kuni soat 11:20 atrofida Toşkent — Buxoro yönalişida «Afrosiyob» elektropoyezdi yöl sozlovçini bosib ketdi. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, «Buxoro mintaqaviy temiryöl uzeli» unitar korxonasiga qaraşli Juma-Kattaqörğon temiryöl bekatlar oraliğida iş rahbari, yöl ustasi v.b. Ş. Meyliyev boşçiligidagi 9 nafar yöl sozlovçi ta’mirlaş işlarini olib borgan.

Biroq yölning 3750-kilometrida temiryöl izi içidan brigada oldiga qaytayotgan (temiryöl izlari çetidan qaytmasdan) yöl sozlovçi M.Şodiyorov yöl brigadiri v.b. M.Aliqulovning ogohlantiriş işoralariga e’tibor bermagan va elektr poyezd signalini eşitmagan.

Oqibatda Toşkent — Buxoro yönalişida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan 770-sonli «Afrosiyob» elektr poyezdi yöl sozlovçi M.Şodiyorovni urib ketgan va u voqea joyida vafot etadi.

Voqea tafsilotlari örganilmoqda.