Hozirgi vaqtda korxonada zamonaviy materiallar asosida, dunyoning yetakchi kompaniyalari texnologik liniyalaridan foydalangan holda 3000 dan ortiq marka-o‘lchamli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bular past va yuqori kuchlanishli elektr kamquvvatini uzatuvchi kabellar, elektr mashinalari chulg‘amlari uchun emal izolyatsiyalik o‘tkazgichlar, aloqa tizimlari, boshqarish, maishiy va boshqa maqsadlarda ishlatiluvchi kabellar va o‘tkazgichlardir.

Mahsulotlar konstruksiyasini yaratish, texnologik jarayonlarni loyihalash va mahsulot sifatini nazorat qilish sohaning yetakchi kompaniyalarida tajriba orttirgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Texnologik uskunalar, muntazam ravishda malakasini oshirib kelayotgan operatorlar tomonidan boshqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonivichning elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibori va ushbu sohadagi kompaniyalarga berilgan imtiyozlari, “AAK” zavodiga 2021-2023 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va nomenklaturani kengaytirishga qaratilgan 20 million dollardan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon berdi. Natijada, ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan eksport miqdori deyarli 2 baravar oshib, mos ravishda qariyb 1 trln so‘m va 50 million dollarni tashkil etdi. Ish o‘rinlari soni ham ikki baravarga ortib, 380 kishini tashkil etdi.

Ayni damda, zavodning 10 yilligi munosabati bilan ishga tushirilgan ushbu loyihalardan biri — “tikilgan” polietilen izolyatsiyali, zamonaviy 6-35 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kabellarni ishlab chiqarishdir. Bunday turdagi kabellar, eski konstruksiyalardan quyidagi ustunliklari sababli O‘zbekiston Respublikasi energetika iqtisodiyotida katta talabga ega:

— ekspluatatsiyadagi yuqori ishonchlilik;

— kabel liniyalarini rekonstruksiya qilish va ishlatish uchun xarajatlar kamligi;

— past dielektrik yo‘qotishlar (dielektrik yo‘qotish koeffitsiyenti 0,008 o‘rniga 0,001);

— shikastlanishga yuqori chidamlilik va kam nam singdirishi;

— tok o‘tkazuvchi tomirning ruxsat etilgan harorati oshirilganligi hisobiga (uzoq muddatli qizishda 70°S o‘rniga 90 °S, ortiqcha kuchlanish paytida 90° o‘rniga 130 °S)