09:00 / 31.12.2023
6245

MAXPRODUCT - besh yillik yetakchilik va taraqqiyot sari

Foto: MAXPRODUCT

Joriy yilda MAXPRODUCT kompaniyasi o‘zining 5 yillik yubileyi munosabati bilan sendvich-panellarni ishlab chiqarish va eksport qilish sohasidagi yutuqlarini mamnuniyat ila nishonlamoqda. 2019 yildan buyon kompaniya Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlarida o‘z mavqeyini mustahkamlab, ushbu sohada yetakchilardan biriga aylanishga ulgurdi. Shu o‘rinda aytish joizki biz qo‘shni davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganimizdan faxrlanamiz, chunki o‘zaro aloqalar biznesimiz muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shmoqda. Bizning kompaniyada faoliyat olib boruvchi jamoa hozirda 100 dan ortiq professional mutaxassislardan tashkil topgan xodimlarga ega bo‘lib, yuksalish va rivojlanishni davom etmoqdamiz.

Kompaniyamizning asosiy yo‘nalishi – bu qo‘llanilishi, tarkibi, qoplama turi va texnik xususiyatlari bilan farq qiluvchi har turdagi sendvich-panellarni ishlab chiqarish va yetkazib berishdan iborat. Ushbu qurilish mahsulotlari ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilib, barcha bosqichlarda sinchkovlik bilan nazorat qilinadi. Biz mijozlarga xalqaro sifat standartlariga javob beradigan sendvich-panellarning turfa rang va konfiguratsiyasidagi keng assortimentini taklif etamiz.

Shuningdek, bizning sendvich-panellarimiz ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lib, har turdagi binolar va inshootlarning tashqi devorlari, tom hamda ichki qismlarni qoplash uchun keng qo‘llaniladi. Ular ekologik toza, noqulay iqlim sharoitiga, namlikka va yong‘inga chidamliligi, ovoz va issiqlik izolyatsiyasini ta’minlay olishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, sendvich-panellar 50 yilgacha xizmat qilib, an’anaviy qurilish materiallariga qaraganda o‘rnatish jarayonida kam vaqt va energiya talab qiladi.

Bugungi kunga kelib kompaniyamizda xorijdan keltirilgan eng zamonaviy texnologiyalar va uskunalar evaziga sendvich-panellarni ishlab chiqarish yuqori samaradorlik va jadallik bilan oshib bormoqda. Bunga isbot uchun misollarni olisdan izlashning aslo hojati yo‘q, chunki hozirgi kunda sendvich-panellar ishlab chiqarilishi yiliga 400 ming kvadrat bo‘lsa, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yana 1 million kvadratga oshirish rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarishda faqat sifatli xomashyo va materiallar qo‘llaniladi, chunki aynan tayyor mahsulotning chidamliligi va mustahkamligi ularning xususiyatlariga bog‘liq.

Hamkorlik MAXPRODUCT kompaniyasi taraqqiyotining ajralmas qismidir. Kompaniyamiz loyihalarga moslashuvchan yondashuvga asoslangan, sifatli mahsulot va xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatadi. Yaqin kelajakda ham, MAXPRODUCT kompaniyasi o‘z faoliyatini kengaytirish va sendvich-panel sanoatida yangi imkoniyatlarni tatbiq etish orqali muvaffaqiyat tarixini davom ettirishni maqsad qilgan. Kompaniya yana uzoq yillar davomida sifat, innovatsiyalar va rivojlanish strategiyalariga sodiqligi tufayli bozordagi yetakchi mavqeyini saqlab qolish uchun istiqbolli rivojlanish rejasiga ega!

Reklama

Mavzuga oid
Top