Samarqandliklar uçun ba’zi oçiq qolayotgan savollarga javoblar, uzoq yillik hokimlik tajribasi, hali heç qayerda ma’lum qilinmagan yangiliklar, hokimlarning saylanişiga munosabat va boşqalar... Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bir kunlik faoliyati davomida unga hamroh bölgan Kun.uz muxbiri bilan şaxsiy va professional hayoti haqida suhbatlaşdi.

Hokim dastlab yangi loyihalar va rejalaştirilayotgan işlar bilan taniştirdi.

— Birinçi rejamiz daryoning Farhod şaharçasidan Çarxin yöligaça bölgan qismini obodonlaştirib, uning atrofida sputnik şahar quriş. Taxminan 250 ming aholi istiqomat qilişiga möljallangan şaharça böladi. Daryo yoqasida odamlar hordiq çiqarişi uçun boğlar, dam oliş maskanlari yaratiladi. Hozir snos işlari olib borilyapti, 74 gektar yer tozalangan. Bu yerdagi mahallalarda 2 yildan beri odamlar bilan kelişuv, kompensatsiya tölaş işlari ketyapti. Özi bu hududning infratuzilmasi yöq, yöl ham, suv ham, elektr ham qoniqarli emas. Aholi ham töliq yaşamaydi, ba’zilar özlari qaçon buziladi, qaçon sotib olasizlar, deb söraydi, norozi bölayotganlar ham bor. Lekin hamma bilan kelişib, bozor narxida narxlab pulini beryapmiz. Nasib etsa, kelasi yildan quriliş işlari boşlanadi.

638 gektar yerdan taxminan 280 gektarida binolar quriladi, qolgani yaşil hudud, dam oliş, sayr maskanlari böladi. Bu loyihani qurişga köp kompaniyalar qiziqiş bildiryapti, Rossiya, Yevropa, Turkiya, Xitoydan qiziquvçilar köpaygan. Umuman, bu loyiha qurilişi 2024-2028 yillarga rejalaştirilgan. Uy qurişi eng osoni ekan özi, uning kommunikatsiyasini, infratuzilmasini qilib oliş qiyini. Şularning hammasini dastlab puxta loyihalab oliş kerak böladi.

Özbekiston aholisining ham sotib oliş, tölovçanlik qobiliyati oşyapti. Buni nimadan bilsa böladi? Qurilayotgan uylarning hammasi sotilyapti, uy izlab yurganlar köp, şahar köçalari, dökonlarga, yemakxonalarga keluvçi odamlar köpaygan, savdo hajmlari ortgan.

— Tarixiy uslubda qurilgan «Boqiy şahar» majmuasi foydalanişga topşirilganda köpçilik e’tiroz ham bildirdi. Agar haqiqiy tarixiy şahar bölsa, soxtasini quriş nimaga kerak edi özi, degan savollar ham qöyişdi. Şu haqida ham fikringiz?

— Sayyohlar oqimini köpaytiriş, ularning sayohat davomiyligini uzaytiriş uçun şaroit kerak, mehmonxonalar, turli e’tibor tortar joylar zarur. Kelgan sayyoh bir kunga kelgan bölsa, 2-3 kun qolsin. Maqsad sayyohlarni köproq uşlab qoliş. «Boqiy şahar» atrofida hali köngiloçar, manzarali joylar qurilişi davom etadi.

Gurjistonning Tbilisi şahriga yiliga 8 mln xorijiy sayyohlar keladi. Bizning kam joyimiz yöq, tarixiy obektlarimiz yetarli. Biz şu darajada sayyoh jalb qilişimiz uçun katta aeroport, mehmonxonalar kerak. Şu darajadagi sayyohlarni jalb qilmoqçi bölsak, «Boqiy şahar»dan 10 ta kerak bizga. Taassurotlar tugab qolişi kerakmas, sayohat qiladigan joylari köp bölişi kerak.

Imom Buxoriy ziyoratgohi yonida ham katta kompleks majmua qurilyapti. Halollik standarti bilan mehmonxonalar qurilyapti. Agar ziyorat turizmini töğri yölga qöyolsak, bizda juda katta potensial bor.

— Samarqandni dunyoga tanitiş tarğibot işlari qanday bölyapti?

— Yaqinda Samarqandda turizmni rivojlantiriş böyiça UNWTO assambleyasining 25-sessiyasi bölib ötdi. Bu judayam katta tarğibot vositasi böldi, butun dunyodan turfirmalar taşrif buyurdi. Ertaga Örimçi şahrida turizm yarmarkasi boşlanadi. Örinbosarim ham öşa yerda borib, Samarqandning turizm salohiyatini oçib beruvçi taqdimot ötkazadi.

Yana bitta juda katta voqelik böladi. YuNeSKOning 40 yildan beri faqat Parijda ötkazilayotgan 2 yillik hisobot yiğilişi 2025 yilda Samarqandda böladi. Bu sayyohlar oqimini keskin köpaytiradi. Faqatgina Parijda böladigan yiğiliş Samarqandda bölişi juda katta narsalarni anglatadi. Butun dunyo ommaviy axborot vositalarida Samarqand körsatiladi, jarayonlar yoritiladi. Juda katta effekt beradi bu.

Kelayotgan odamlar bepul kelmaydi, xizmatlarning pulini tölaydi. UNWTO doirasida 2 mingta odam keldi, şular, deylik, 500 dollardan pul taşlab ketişdi, ança mablağ böladi bu. Bu mablağlar xizmatlar hajmi kengayişi, odamlarimiz turmuş tarzi yaxşilanişiga bevosita xizmat qiladi. Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti, Yevropa taraqqiyot banki, UNWTO kabilarning katta anjumanlari ötkazilgaç, Samarqanddagi xizmat körsatiş darajasi ança ösdi.

— Yaqinda Xitoyda bölib qaytdingiz. Davlat xizmatçilarining çet davlatlarda malaka oşirişi qanday natija beryapti? Sizning Xitoyga borişingiz nimasi bilan özini oqlaydi?

— «Yurgan — daryo, ötirgan — böyra» degan gap xalqimizda. Bir joyda qobiqqa öralib ötiraversa, rivojlaniş bölmaydi. Köriş, örganiş, soliştiriş va harakat qiliş kerak. Tajriba almaşiş şart. Buni notöğri deydiganlar kaltabin odamlardir.

Xitoy bilan köproq tajriba almaşiş kerak. U yerda kapital almaşinuvi juda tezlaşgan. Hamma narsani lokalizatsiyalagan, örganadigan jihatlar juda köp. Xitoyning ilm-fanga ajratayotgan sarmoyasi, erişayotgan natijalari kişini hayron qoldiradi.

Bu safarga asosan turli yönalişdagi tadbirkorlarni olib bordik. Samarqand biznes vakillari bilan xitoylik biznesmenlarni uçraştirib, tajriba almaştirdik. Bundan taşqari, universitet xodimlaridan, hokim yordamçilari va boşqa soha vakillari ham borişdi.

— 2 yil oldin iş boşlagan hokim yordamçilarining faoliyati haqidagi fikringiz. Ularsiz nima yutqazgan edik va ular bilan nima yutyapmiz?

— Birdan natija söraymiz, lekin natija bölişi uçun vaqt kerak. Hokim yordamçilari iş boşlaganiga endi 2 yil böldi. Şu tizim orqali aniq manzilli kreditlaş mexanizmi paydo böldi, kam ta’minlangan oilalarni iş bilan ta’minlaş mezonlari işlab çiqilib, tatbiq etila boşladi. Eng muhimi, mahallalarning imkoniyati qandayligi aniq böldi.

— Zarafşon daryosidan şağal oliş masalasi ham köp kötariladi. Ekologik qömita ham, hokimiyat ham qaramaydi, deyişadi. Şunga munosabat bildirsangiz.

— Köp tanqid qilişadi, bu örinli ham deb bilaman. Ammo tanqid qiluvçi blogerlar öşa qaziyotganlarni ham bir suriştirişi, aniqlaşi kerak. Jamoatçilik ham qarşi bölişi kerak, mana, hozir jamoatçilik nazorati ortidan 90 foiz şağal oliş yöqoldi, töğri, hali ham bor, yöq emas.

Demoqçimanki, ijtimoiy madaniyat ham muhim. Oddiy köçalarga axlat taşlaş masalasini olaylik, Yaponiyada axlat taşlaydigan qutining özi yöq, lekin köçalar top-toza, odamlar axlat-çiqindilarni köçaga taşlaş tugul, köçada qöyilgan axlat qutiga ham taşlaşmas ekan, uyiga olib ketişadi.

Tuman, şahar darajasidagi rahbarlarda tajriba yetişmasligi bor, kamçiliklar mavjud. Agar jamoatçilik bilan birga harakat qilsak, tanqid qiluvçilar ham vaziyat böyiça aniq faktlar bilan, mas’ullarni aytişsa, bu ham işimizni yengillaştiradi.

— Qaysi viloyatda hokim ölaroq köproq asabiylaşgansiz?

— Qayerga borsa ham, öşa yerda yanada yaxşiroq işlaşga harakat qiliş kerak. Bu yerda ahvol yaxşi, deb taşlab qöymaslik kerak. Xalq ham oldingi rahbardan ötkazib nima yangilik qildi, deb sörab turadi. Şunday işlagandan keyin baribir asabiylik böladi. Şuning uçun qaysidir joyda qiyin, qaysidir birida oson bölgan deyolmayman. Lekin qayerda bölsam ham, katta tajriba orttirganman deb öylayman.

Xitoyga borganimda ham tajriba orttiriş bilan birga qaçon biz şunday bölamiz, degan savol ham qiynadi. Hammasi özimizga boğliq, Özbekistonning dösti ham faqat Özbekiston. Hayot şunday bölyapti, ertaga nima bölişini bilmaydigan tahlikali, beqaror davrda turibmiz.

— Samarqandning yöllari respublikada eng yomon yöllardan biri edi. Hozir katta qismi yangilangan. Bu sizning hokimlikka kelişingiz bilan boğliqmi yoki boşqa sabablari bormi?

— Aytganimdek, katta-katta anjumanlar böla boşlagaç, xizmat körsatiş ham ança yaxşilanib qoldi. Yöl qurilişi sohasiga ham Germaniyadan mutaxassislar olib keldik. Ulardan özimizning kadrlar ham tajriba olişdi.

Lekin kamçiliklar ham bor. Yaqinda Payariq tumaniga borsam, yangi qurilgan yöl umuman talabga javob bermaydi. Muddati ötib ketgan, hokim keladi deb bir kunda qurib qöyişibdi. Qaytadan qilişni quruvçining böyniga ildim.

— Şahar yöllarida tirbandliklar paydo böladi odamlar oqimi köpaygaç, bunga qanday yeçimlar öylab qöygansiz?

— Birinçi örinda jamoat transportlarini rivojlantirişimiz kerak. Odamlarga jamoat transportlari qulay bölib, manziliga tezroq yetadigan bölişi lozim. Hozirça boşlanişiga 100 ta gazga işlaydigan avtobus, 6 ta elektrobus oldik, yana 100 ta elektrobus uçun şartnoma qilinyapti. 2025 yil oxirigaça 350 ta elektrobus sotib olişimiz kerak. Bundan taşqari, Bulunğur-Samarqand-Juma yönalişida elektropoyezd qatnovini yölga qöymoqçimiz. Urgut va Kattaqörğon örtasida, Paxtaçi va Bulunğur örtasida ham marşrutlar yölga qöyiş rejalaştirilyapti. Jamoat transporti şunday rivojlanib, arzon va qulay bölgaç, öz-özidan şaxsiy avtomobillar qatnovi kamayadi.

— Işlardan ortib oilaga qançalik vaqt ajratolasiz? Döstlar davrasidagi Erkinjon Turdimov qanday?

— Oila muqaddas, albatta. Yakşanba kunlari töliq oilam bilan bölişga harakat qilaman.

Döstlarim u darajada köp emas, köproq sinfdoşlar bilan yaqinman. Davramiz şu oddiy, samimiy böladi.

— Hozir yil yakuni. Samarqand viloyati mahalliy budjetida qança mablağ qolyapti yil yakunida?

— Budjetda 350 mlrd söm atrofida pul bilan çiqyapti.

— Markaziy şahar haqida gaplaşdik, xöş, Samarqand viloyati aholisiga qanday yangiliklar bor?

— Yuqorida aytilgan yangiliklarning ham butun Samarqand viloyatiga tegişlilari bor. Masalan, Kattaqörğon şahri böyiça alohida dasturimiz bor, katta yangiliklar böladi. Umuman, har bir tumanning iqtisodiy rivojlanişi böyiça alohida dasturlar qabul qilingan. Eng asosiy masala bölmiş işçi örinlari yaratişga katta e’tibor berilyapti.

— Agar hokimlarni saylaş tizimiga ötsak, öz nomzodingizni qaysi viloyatga qöygan bölardingiz?

— Oldin şu tizimga ötaylik, keyin bu savolga javob bersam böladi. Hali bu töğrisida öylab körmagan ekanman.

Bu tizimga ötişning ham plyus-minus taraflari böladi, şuning uçun dastlab sinov tariqasida joriy qiliş kerakdir, örganib, kamçilik bölsa bartaraf etiş uçun.

— Samarqanddagi Gagarin va Rödakiy köçalarida tunnel qurilyapti. Bu tunnellar qançalik özini oqlaydi, muqobil variantlari bormi?

— Germaniyaning Myunhen şahrida şu tunnellar yeçim bölgan, u yer ham tarixiy şahar. Bu masalani köp muhokama qildik, jamoatçilik bilan, mutaxassislar bilan, aynan Kun.uz saytida şu muhokamalar böyiça materiallar ham çiqqan. Şuning uçun xulosa sifatida bu yeçim böloladi, deb aytolaman. Hamma narsa hisob-kitob qilingan, ötkazuvçanlik ham, boşqa jihatlar ham, aytganimdek, juda köp muhokamalardan ötdi bu loyiha.

— Çet davlatlar bilan hamkorlik qay darajada ketmoqda?

— Samarqand viloyati böyiça bu işlar juda yaxşi yölga qöyilmoqda. Köproq energetika, quriliş, xizmat körsatiş sohalarida hamkorlik bölyapti. Xususan, xizmat körsatiş sohalarida Germaniya, Italiya, Vengriya, Turkiya kabi davlatlar bilan, quriliş sohasida Avstriya bilan, oziq-ovqat sohasida ham hamkorlik bölyapti. Xitoy bilan ham deyarli barça sohada hamkorlik bölyapti.

Sardorbek Usmoniy suhbatlaşdi.