17:18 / 01.01.2024
22231

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida yana mingdan oshiq chaqaloq tug‘ildi

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona, eng kami Navoiy viloyatida qayd etilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2024 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Ularning:

  • 540 nafari o‘g‘il;
  • 503 nafari qiz.

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (160 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar qayd etilgan:

  • Samarqand viloyati (127 nafar);
  • Qashqadaryo viloyati (115 nafar);
  • Namangan viloyati (105 nafar);
  • Andijon  viloyati (97 nafar).

Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (11  nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

SSV matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, yilning birinchi kunida tug‘ilganlarning 12 nafari egizakdir.

«Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda», deyiladi xabarda. 
 
Ma’lumot uchun, mamlakatda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga 229 ta tug‘uruq kompleksida ham jami 7 500 nafar tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid
Top