Şerzod Abdunazarov Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi rahbari etib tayinlandi.
U 41 yoşda bölib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tahlil va prognozlaş oliy maktabini tamomlagan. 2007 yildan buyon Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Taşqi işlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda işlab kelgan. Tayinlovga qadar uşbu boş konsulxonada birinçi kotib lavozimida işlagan.
Istanbuldagi boş konsulxonaga 2020–2023 yillarda rahbarlik qilib kelgan Amirsaid Agzamxöjayev 2023 yil noyabrida Özbekistonning Polşadagi elçisi etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonning mazkur boş konsulxonasi Turkiyaning Istanbul şahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli va boşqa viloyatlari, şuningdek, Bolgariya va Ruminiya hududiga xizmat körsatadi.













