2023 yilda 68 turdagi 7029 öram dori vositasi qalbaki ekani aniqlandi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 2023 yilda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga Huquqni muhofaza qiliş organlari va tibbiyot taşkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qiliş yuzasidan 1671 ta murojaat kelib tuşgan. 

Uşbu murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari örnatilgan tartibda laboratoriya tekşiruvidan ötkazilgan. Tahlil natijalariga köra 6304 turdagi 1,3 mln öramdan ortiq dori vositasining tibbiyot amaliyotida qöllaş mumkin emasligi, 2288 turdagi 542 ming öram dori vositasining muvofiqlik sertifikati yöqligi, 241 turdagi 11,7 ming öram dori vositasi yorliqlaş körsatkiçi böyiça nomuvofiqligi, 152 turdagi 1278 öram dori vositasining yaroqlilik muddati ötgani, 68 turdagi 7029 öram dori vositasining qalbaki ekani töğrisida ekspertiza xulosasi berilgan. 

Qayd qilinişiça, farmatsevtika mahsulotlari texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanişi majburiy bölgan mahsulot hisoblangani bois, qonunçilikda örnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan, farmatsevtika mahsulotlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaşga oid faoliyatni amalga oşiruvçi sertifikatlaştiriş organlari tomonidan sertifikatlaştiriladi. 

Amaldagi tartibga muvofiq, davlat röyxatidan ötgan va import qilingan dori vositalarining har bir seriyasi sertifikatlaştiriş jarayonidan ötadi hamda har bir seriya mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylaştiriladi. Sertifikatlaştirilmagan dori vositalarining bojxona hududidan olib çiqilişiga va realizatsiya qilinişiga yöl qöyilmaydi. 

Özbekiston hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy buyumlarni sertifikatlaştiriş sinovlari natijasida qöllaş uçun yaroqsizligi aniqlangan bölsa, bunday dori vositalari va tibbiy buyumlar Özbekiston Respublikasi bojxona qonunçiligida belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga çiqarib yuboriladi (reeksport) yoki bojxona rejimida joylaştiriladi va yöq qilinadi.