Ukrainaning 2024 yilda taşqi moliyalaştirişga bölgan ehtiyoji 37 milliard dollardan (34 milliard yevro) oşadi, dedi boş vazir Denis Şmixal 3 yanvar, çorşanba kuni hukumat yiğilişida.

«Biz hamkorlarimizning ritmik, barqaror va öz vaqtida yordam berişiga umid qilamiz», — dedi boş vazir. Unga köra, 2023 yilda Ukraina 42,6 milliard dollar taşqi moliyalaştirişni jalb qilgan. Uşbu mablağlarning 27 foizi grant mablağlari hisobidan olingan. Şmixalning qayd etişiça, mamlakatni qöllab-quvvatlaş böyiça yetakçilar Yevropa Ittifoqi, AQŞ, XVJ, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya va Jahon banki böldi.

Boş vazirning aytişiça, Ukraina öz budjeti daromadlarini, birinçi navbatda, bojxona va soliq tuşumlarini oşirmoqda. Bu körsatkiç 1,1 trillion grivnadan (26 milliard yevro) ortdi. «Biz bu mablağlarning barçasini xavfsizlik va mudofaaga yönaltirmoqdamiz. Bu yil harbiy xizmatçilarga tölovlar uçun 750 milliard grivnadan köproq mablağ sarflaşni rejalaştirmoqdamiz. 265 milliard grivnadan ortiq mablağ qurol sotib oliş, işlab çiqariş va ta’mirlaşga sarflanadi», - dedi Şmixal.

Kiyev ğarb yordamisiz iş haqi tölanmasligi xavfi haqida ogohlantirdi 

Dekabr oyi oxirida Ukraina 2024 yil boşida davlat budjetini töldirişning «juda yuqori noaniqligi» tufayli xalqaro moliyaviy donorlar bilan şoşilinç uçraşuv ötkazişga intilayotgani ma’lum böldi. Ukraina boş vaziri Denis Şmixal donorlarni muvofiqlaştiriş guruhiga yöllagan maktubida asosiy budjet ehtiyojlarini qoplaş uçun yanvar oyida moliyaviy resurslar oliş zarurligini ta’kidlagan. 

Şmixal donorlarni 2024 yilda uzoq muddatli vazifalar - uruşdan keyingi tiklaniş va mamlakat iqtisodiyoti uçun resurslarni muvofiqlaştirişga emas, balki Ukrainaga zudlik bilan yordam körsatiş - hukumat işini qöllab-quvvatlaş, öqituvçilar, davlat xizmatçilari va pensionerlarga tölovlar uçun mablağ ajratişga e’tibor qaratişga çaqirdi. Ukraina boş vaziri, şuningdek, yanvar oyida donorlar uçraşuvini taşkil etişga çaqirdi. «Ijtimoiy ehtiyojlarimizni qondiriş uçun biz martgaça kuta olmaymiz», deyiladi maktubda.

Ukrainaga ğarb davlatlaridan taşqi moliyaviy yordam körsatilmasligi 500 ming davlat xizmatçisi va 1,4 million öqituvçining maoşlari, şuningdek, 10 million pensionerga beriladigan tölovlar keçiktirilişiga olib kelişi mumkin, deya ogohlantirdi mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko.