Özbekistonda mahalla raisining vakolat muddati 3 yildan 5 yilgaça uzaytirilişi mumkin. Şu maqsadda «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonunning yangi tahririni işlab çiqiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Özbekiston mahallalari uyuşmasi faoliyatini yölga qöyiş va mahallalarda boşqaruv tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarorida söz boradi. 

Qonunning taklif etilayotgan yangi tahririda quyidagilar nazarda tutilgan:

- hududlarning tarixiy xususiyatlari va aholi punktlarining geografik joylaşuvini hisobga olgan holda mahallalarni taşkil qilişning aniq mezonlarini belgilaş;

- «mahalla yettiligi»ning özaro hamkorlikda işlaş mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilaş, mahalla raisining ularning sa’y-harakatlarini birlaştiriş va yönaltiriş, rağbatlantiriş va intizomiy jazolaş böyiça vakolatlarini mustahkamlaş;

- mahalla tomonidan jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği va yer soliği böyiça oşirilgan koeffitsiyentlar qöllaş yuzasidan tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga taklif kiritiş;

- «mahalla yettiligi» tarkibidagi lavozimlarga tayinlaşda uşbu mahallada yaşovçi nomzodlarga ustuvorlik beriş;

- mahalla raisining söroviga javob bermaslik yoki taqdimnomasida qöyilgan masalani körib çiqmaslik uçun javobgarlik belgilaş;

- xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlariga mahalla raislari öz faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöyganda, ularga nisbatan işonçsizlik bildiriş va uşbu masalani körib çiqiş vakolatlarini beriş. 

«Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisida»gi qonun (2018 yilda qabul qilingan) ham yangi tahrirda qabul qilinişi közda tutilgan. Unda mahalla raisi saylovini aholi tomonidan umumiy, teng, töğridan-töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş orqali ötkaziş, şuningdek, mahalla raisining ma’lumoti va malakasiga qöyiladigan talablar aks ettiriladi. Şu bilan birga, mahalla raisining vakolat muddatini uç yildan beş yilgaça uzaytiriş ham nazarda tutilgan. 

Qonun loyihasini Özbekiston mahallalar uyuşmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 1 martgaça işlab çiqiş topşirilgan.