5 yanvar kuni Toşkent şahar hokimiyati Bektemir tumanidagi Qöyliq qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori rekonstruksiya qilinişini ma’lum qildi.
Unda işlayotgan tadbirkorlar hamda 144 nafar işçi-xodim öz faoliyatini “Food city”, “ Tashkent Index” va boşqa savdo majmualarida davom ettirişi taklif qilindi. Ma’lumotlarga köra, ayni vaqt bozorni buziş boşlangan, buni tahririyatning voqeaga guvoh muxbiri tasdiqladi.
Şundan söng, tarmoqlarda Qöyliq bozoridan taşqari, Sergelida joylaşgan Avtomobil bozori ham ta’mirlanişi va boşqa savdo-majmuasiga köçirilişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz'ning bozorda işlovçi manbalariga köra, hozirda Avtomobil bozorini rekonstruksiya qiliş boşlanib bölgan, lekin parallel ravişda öz faoliyatini ham olib bormoqda.
Şahar hokimiyati matbuot xizmati mutaxassisi Gulnoza Qosimovaning aytişiça, Sergelidagi bozorning köçişi “hozirça tasdiqlanmagan xabar”.
“Bundan şahar, tuman hokimiyati ham, “Tashkent Index” ma’muriyati ham xabardor emas. Lekin [poytaxtdagi] hamma eski bozorlar bosqiçma-bosqiç yangilanadi”, – deydi u tahririyat muxbiriga.
Ammo şaharda qança eski bozorlar borligi, ularning neçtasi qayta ta’mirlanişi haqidagi ma’lumotlar oçiqlanmadi. Kun.uz’ning rekonstruksiya loyihalari pudratçisi kimligi, uning qiymati va muddati borasida bergan bir qança savollariga ham javob berilmadi.
Kun.uz manbalariga köra, rasmiy xabar e’lon qilinişidan bir kun oldin, ya’ni 4 yanvar kuni şahar hokimi Şavkat Umrzoqov va IIBB boşliği Aziz Toşpölatov “Food city”ga borib, eski Qöyliq bozorining köçirilişini aytişgan.
E’tiborlisi, bozorlarni “Food city” yoki “Tashkent Index”ga köçiriş harakatlari birinçi marotaba bölayotgani yöq. 2021 yil dekabr oyida ham şunday gaplar tarqalgaç, Qöyliq dehqon bozorida işlovçi tadbirkorlar bunga qarşilik bildirişgandi. Şundan keyin hokimiyat bozor buzilmasligini, uning aksariyat qismi bosqiçma-bosqiç köçirilişini ma’lum qilgandi.












