Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel Yevropada yozgi saylovlarda Belgiya liberallari vakili sifatida iştirok etiş niyatida ekanini aytdi. «Men 2024 yil iyun oyida Yevroparlamentga saylanişga qaror qildim», dedi siyosatçi 7 yanvar, yakşanba kuni Belgiyaning Soir, De Standaard va La Libre Belgique gazetalariga bergan intervyusida.
Agar Mişel saylansa, u Yevrokengaş rahbari lavozimini va Yevropa parlamentariysi örnini bir vaqtda egallay olmaydi. Yevroparlamentga saylovlar 6—9 iyun kunlariga belgilangan, Mişelning Yevrokengaş raisi sifatidagi vakolati esa 2024 yilning noyabrida tugaydi, şu bois u bu örinni erta tark etadigan vaziyat yuzaga kelişi mumkin.
Bu Vengriya boş vaziri Viktor Orban uçun vaqtinçalik Yevrokengaş rahbari lavozimini egallaş uçun potensial imkoniyatni oçadi, çunki Vengriya 2024 yilning iyulidan dekabrigaça YeI kengaşiga raislik qilişi kerak. Bunday holatning oldini oliş uçun YeIga a’zo davlatlar rahbarlari Mişel örniga nomzod böyiça oldindan kelişib olişi kerak.
YeIdagi saylovlar
2019 yilda Şarl Mişel polşalik siyosatçisi Donald Tusk örniga Yevropa kengaşi raisi lavozimini egalladi. YeI kengaşi raisi lavozimi Lissabon şartnomasiga muvofiq, taxminan 15 yil avval ta’sis etilgan, deb eslatadi AFP. Yevrokengaşning amaldagi rahbari YeI sammitlarini tayyorlaş va ötkaziş uçun mas’ul bölib, unda 27 davlat va hukumat rahbarlari uçraşadi. Kengaş yiğilişlari odatda Bryusselda taşkil etiladi.
Yevropa saylovlarida Yevroparlamentning 720 nafar a’zosi beş yillik muddatga saylanadi. U dunyodagi eng yirik transmilliy saylovlar bölib, unda Yevroittifoqning 27 davlatidan 400 milliondan ortiq saylovçi iştirok etişi mumkin. Ular ötkazilgandan söng YeI boşqaruv organlari – Yevrokengaş va Yevrokomissiya rahbarlari almaşadi. Yevrokomissiyaga hozir nemis siyosatçisi Ursula fon der Lyayyen boşçilik qilmoqda.
Viktor Orbanning pozitsiyasi
Viktor Orban - Vengriya boş vaziri, milliy-konservativ, öng qanot populistik «FIDES - Vengriya fuqarolik ittifoqi» partiyasi rahbari. U YeIning umumiy siyosatiga qarşi çiqib keladi. Şu tariqa, dekabr oyida Vengriya qarorga veto qöyib, 2027 yilgaça Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratişga tösqinlik qilişga muvaffaq böldi.
Orban Ukraina rahbariyatidan ilgari taqdim etilgan moliyaviy yordamning qanday sarflangani töğrisida hisobot berişni va Vengriya hisobiga Yevroittifoq mablağlarini ötkazişni talab qildi - ular Vengriya sud tizimining mustaqilligiga şubha tufayli Bryussel tomonidan muzlatib qöyilgan. Bryusseldagi dekabr sammiti arafasida uşbu mablağlarning 10 milliardi Vengriya uçun ajratilib berildi.













