Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elçi Ğayrat Fozilov Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişelga özining işonç yorliqlarini topşirdi.
Qayd etilişiça, marosim doirasida bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston—Yevropa munosabatlari kun tartibidagi bölajak tadbirlarga doir masalalar yuzasidan fikr almaşilgan.
«Yevropa kengaşi prezidenti Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikning bugungi holatiga ijobiy baho berdi. U Şavkat Mirziyoyevning pragmatik va yaxşi qöşniçilik siyosati Markaziy Osiyoda ijobiy özgarişlarga olib kelgani, mintaqani barqaror rivojlaniş va farovonlik yölida birlaştirganini alohida ta’kidladi», — deyiladi xabarda.
Şarl Mişel, şuningdek, sönggi yillarda birgalikdagi işlar natijasida Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlar jadal rivojlanişning yangi bosqiçiga kötarilganini qayd etgan. YeI Yevropa va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga katta ahamiyat qaratişi tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston elçisi Ğayrat Fozilov 2023 yil 5 dekabr kuni Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga taşrif buyurgan edi. U 2015-2017 va 2021–2023 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlagan. 2024 yil 7 fevral kuni Fozilov Belgiya qiroli Filippga işonç yorliqlarini topşirgan edi.
Ğayrat Fozilov 2017-2023 yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elçi, Özbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel şahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida işlagan Dilyor Hakimov örniga tayinlangandi.

















