Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakçilari 27 iyun, payşanba kuni keçqurun Bryusseldagi sammitda ittifoq asosiy institutlarining yangi rahbarlariga ovoz berdi. Ovoz beriş natijasida Ursula fon der Lyayyen Yevrokomissiya raisi bölib qoladi, Yevropa kengaşiga Portugaliyaning sobiq boş vaziri Antoniu Koşta, Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmatiga esa Estoniya boş vaziri Kaya Kallas rahbarlik qiladi. 

Ularning nomzodlarini ma’qullaş uçun kengaytirilgan malakali köpçilik deb ataluvçi vakillarning qöllab-quvvatlaşi zarur edi. Bunga bir vaqtning özida ikkita şartni bajariş orqali erişiladi: 27 a’zo davlatdan Yevropa Ittifoqi aholisining kamida 65 foizini taşkil qiluvçi 20 tasi (72 foiz) taklif uçun ovoz berişi kerak. 

Ukrainadagi uruş, Yevropa Ittifoqining mudofaa va xavfsizlik masalasi hamda Yaqin Şarqdagi mojaro muhokamasidan söng, yetakçilarni tanlaşga oid mavzu kun tartibining eng quyi qismiga köçirilgani uçun intriga sammitning birinçi kunining oxirigaça saqlanib qoldi.

Bundan oldin Bryusselda Italiya boş vaziri Jorja Meloni nomzodlarni körsatiş jarayoniga jalb etilmaganidan norozi ekani ma’lum bölgan edi. Nazariy jihatdan, u fon der Lyayyen, Koşta va Kallasga qarşi ovoz berişi mumkin edi, ularning nomzodlari bitta paketda ovozga qöyilgan. Corriere della Sera ma’lumotiga köra, u har bir nomzod böyiça ovoz olişni va faqat fon der Lyayyenga ovoz berişni maqsad qilgan.

Keyingi bosqiç: Yevroparlamentda ovoz beriş 

Endi bölajak liderlar yana bir tösiqni yengib ötişi kerak: yangi Yevropa parlamenti ularning nomzodlarini va yangi Yevropa komissarlarini tasdiqlaşi kerak. 720 örinli yangi parlamentda 190 öringa ega bölgan Yevropa Ittifoqining eng yirik siyosiy bloki bölgan Yevropa xalq partiyasi aksariyat deputatlari fon der Lyayyenni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda, ammo u boşqa partiyalar va Yevroparlament deputatlari yarmidan köpi qöllab-quvvatlaşiga muhtoj böladi.

Yangi çaqiriq Yevropa parlamentining birinçi sessiyasi 16-19 iyul kunlari Strasburgda bölib ötadi.