Urganç şahar obodonlaştiriş boşqarmasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Kun.uz manbasiga köra, davlat budjetga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1 mlrd sömni taşkil qiladi.

Tahririyatda mavjud bölgan hujjatlarda körinişiça, boşqarma mansabdor şaxslari ehtiyojmand aholiga berilişi közda tutilgan quriliş materiallarini qimmat narxlarda xarid qilgan.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 21 fevraldagi “Xorazm viloyatida aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Urganç şahridagi ehtiyojmand aholi uçun 5 mlrd 117 mln sömlik quriliş materiallari sotib olingan. Uşbu quriliş materiallari tekşirilganida, ular jami 553 mln 673 ming sömga qimmat narxlarda xarid qilingani hamda quriliş materiallaridan 159 mln sömlik kamomadga yöl qöyilgani aniqlangan.

Şuningdek, boşqarma mansabdor şaxslari tomonidan şahardagi “Avesto” majmuasini buzib olişda quriliş materiallari talon-toroj qilingani ham aytilmoqda.

Urganç şahar prokurorining iltimosnomasiga asosan Jinoyat işlari böyiça Urganç şahar sudining 2024 yil 8 yanvardagi ajrimi bilan boşqarma boşliği Raxmat Omonov öz lavozimidan çetlaştirilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.