Transport vazirining birinçi örinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning DongFeng boş direktori Van Pen bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda jamoat transporti tizimini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar, mavjud ehtiyojlar va harakat tarkibini zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar bilan yangilaş zarurati yuzasidan fikr almaşilgan.
DongFeng Special Car kompaniyasi bilan hamkorlikda Farğona viloyati Furqat tumanida 2 bosqiçda, umumiy qiymati 100 mln dollarga teng bölgan, yiliga 1000 dona elektrobuslar işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonning Xitoydagi elçixonasida Lanzhou Guangtong New Energy Automobile rahbariyati bilan uçraşuv ötkazib, qiymati 100 mln dollarlik ikki tomonlama memorandum imzoladi.
Memorandumda yillik quvvati 2000 ta elektroavtobus işlab çiqarişga möljallangan loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan.












