VisaGuide.World axborot portali 2024 yil yanvar holatiga köra pasport indeksini (VisaGuide Passport Index) e’lon qildi, unda Özbekiston 128-örinni egalladi.
Qayd etilişiça, Özbekiston pasporti mamlakat fuqarolariga 31 davlatga vizasiz sayohat qiliş imkonini beradi, 19 davlat özbekistonliklarga elektron viza va 32 davlat kelganida vizalar beradi. Özbekiston pasporti egalari 144 davlatga kiriş uçun sayohat qilişdan oldin viza olişi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğiston pasport eng yaxşi körsatkiçga ega — 110-örin. Qirğiziston pasporti 132-örin, Tojikiston pasporti 140-örin va Turkmaniston pasporti 167-örinda qayd etilgan.
2023 yilgi reytingning mutlaq yetakçisi Ispaniya pasporti böldi. Ikkinçi örinda Germaniya pasporti. Kuçli beşlikni Singapur, Italiya va Fransiya pasportlari yakunlaydi.
Reytingning sönggi örinlarini Iroq, Pokiston, Suriya, Afğoniston, Somali kabi davlatlarning pasporti egallagan.
VisaGuide pasport indeksi - bu 199 mamlakat va hududning pasport kuçini turli omillar asosida, jumladan, boradigan mamlakat tomonidan belgilangan kiriş talablari, mamlakat yalpi içki mahsuloti, xavfsizlik, inson taraqqiyoti indeksi, turizm indeksi va boşqalar orqali baholaşni nazarda tutadi.












