— Siz faoliyatingiz davomida asosan Farğona, Toşkent va Navoiy viloyatlarida işlagansiz. Aytaylik, Farğona yoki Navoiyni Sirdaryo bilan taqqoslab bölmaydi. Istalgan odam yangi muhitga ötganda moslaşişga qiynaladi, hamma joyni öziga yaraşa past-balandi böladi. Sirdaryo viloyatida rahbarlikka kelganingizdan keyin qanday qiyinçiliklarga duç keldingiz? Don sohasi mutaxassisiga viloyat hokimi böliş qiyin bölmayaptimi?

— Hayot yölimda turli yerlarda işladim. Maktabni bitiriboq Samarqandga öqişga ketganman. Öşa davrlardan sekin-sekin faoliyatim boşlangan. Talabalik yillari katta maktab bölgan, xar qanday vaziyatga moslaşişni örgatgan.

Avval Farğonada, keyin Toşkentda 5 yil işladim. Don yönalişi bölgani uçun doim joylarga çiqardik, örganardik, katta tajriba bölgan bu ham. Farğona viloyatining Uçköprik tumaniga hokim bölgan paytlarim men uçun juda katta maktab bölgan. Sirdaryo viloyatiga hokim böliş ham kutilmagan iş bölgandi. Bu juda katta mas’uliyat. Oldin tuman darajasida hokim bölganim ança yordam beryapti. Lekin heç narsa oson emas.

Sirdaryo viloyati menga begona ham emasdi. Sababi Davlat don inspeksiyasida işlaganimda inspeksiyaning Sirdaryo viloyati, xususan, Boyovut tumani böyiça vakili ham bölganman. Odamlar bilan, ularning tutumi bilan taniş bölganim ham qöl keldi.

— Viloyatda iş boşlaganingizda sizni töğridan töğri şokka tuşirgan, siz hazm qilolmagan holat, vaziyat-hodisalar bölganmi? Şular haqida gapirib bering.

— Unday vaziyat bölgani yöq. Iş boşlaganimning birinçi kunlarida mahallalarni körganman. Şunda bir vaziyat esimda qolgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, oğir şaroitli xonadonlardan biriga kirdim, juda ham ozoda, hovlisida gullar ekilgan, hamma narsa saranjom ekan. Nima yordam kerak, deb sörasak, xeç narsa kerak emas, deyişgan.

— 2020 yildagi Sardoba fojiasining hali ham bartaraf etilmagan oqibatlari qolganmi? Omborning suv yuvib ketgan yeri mustahkam qilib qayta tiklanganmi? Suv omboriga qaytadan suv töldiriladimi?

— Hozirda Sardobada 350 mln kub suv saqlanyapti. Bu texnogen fojiada qurbonlar böldi, moddiy zararlar ham böldi, ammo bir tomondan keng kölamda bölmaganiga ham şukr qiliş kerak.

Fojiada 2 kişi halok böldi. Biri milliy gvardiya xodimi, biri harbiy bölgan. Odamlarning hayotini saqlab qoliş uçun jonini fido qilgan bu yigitlarimizning xotirasini abadiylaştiriş uçun byust ham örnatdik.