Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan töqqizinçi marta bobo böldi. Istanbulda davlat rahbarining qizi Sumayya Bayroqtor ikkinçi farzandini dunyoga keltirdi. Erdöğan şifoxonaga bordi va bola va ona ahvolidan xabar oldi. Şuningdek, bolaning quloğiga ismini piçirladi. 

Prezident özining töqqizinçi nabirasiga Osim Özdemir ismini qöygani ma’lum böldi. 

Turkiya davlat rahbariga şifoxonaga taşrifi çoğida rafiqasi Emine Erdöğan hamrohlik qildi. 

Eslatib ötamiz, prezident töqqiz nafar nabiraga ega: qizi Esra Olbayroqning 4 nafar, öğli Bilol Erdöğanning uç nafar, qizi Sumayya Bayroqtorning 2 nafar farzandi bor.