Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga köra, 2018 yilda Orol dengizining qurigan tubida örmonzorlar barpo etiş böyiça keng kölamli davlat dasturi boşlangan.
Uşbu taşabbusning maqsadi - suv havzasi qurişi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat oqibatlarini yumşatişdan iborat. Ötgan yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Örmon xöjaligi agentligining sa’y-harakatlari natijasida Orol dengizining suvi qurigan tubi hududida çöl ösimliklaridan ulkan örmonlar barpo etildi.
Yaqin kunlarda ekiş mavsumining navbatdagi jarayoni boşlanadi.
Sönggi haftalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Muhandislik muhofazasi va quriliş-tiklaş işlari boş boşqarmasi xodimlari tomonidan aviatsiya yordamida ekiladigan saksovul uruğlari tayyorlanmoqda.

















