Atrofi örab olingan maydonda avval ham bir neçta çinor daraxti tagidan, boşqa manzarali daraxtlar esa yuqori qismidan kesib taşlangani ma’lum böldi.  

Farğona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi matbuot kotibi Gulnoza Töxtasinovaning ma’lum qilişiça, örab olingan maydonda 7 tup çinor daraxti, 31 tup glediçi, 16 tup akatsiya, 14 tup yapon saforasi, 80 tup arça, 2 tup aylanta, 1 tup tut va 67 tup kitob arça, jami 218 tup daraxt bor.  

“Holat yuzasidan örganiş işlari olib borilib, hududdagi daraxtlar xatlovga olindi. 6 yanvar kuni örnatilayotgan temir tösinlarni olib taşlaş böyiça ogohlantiriş xati berdik. Ammo ogohlantirişimizga qaramasdan örab oliş işlari hamon davom etyapti. Boğning asosan eng köp daraxt bor qismi örab olinmoqda. Hozir suriştiruv işlari olib boryapmiz”, deydi Gulnoza Töxtasinova.  

Gulnoza Töxtasinova

Hudud atrofini öraş işlarini nazorat qilayotgan fuqarolardan biri maydonda bino bunyod etilayotganidan xabari yöqligi, bu haqida ma’lumot bera olmasligini ta’kidladi.