CES 2024 maişiy elektronika körgazmasi doirasida Rabbit R1 «yangi avlod gadjeti» taqdim etildi. Işlab çiqaruvçiga köra, bu — sun’iy intellektga asoslangan antismartfon, unda heç qanday ilova bölmaydi. 

Rabbit R1 klassik mobil telefondan butunlay farq qiladi. U 2,88 dyuymli sensorli ekranga, aylanuvçi kameraga va interfeyslarni aylantirişga möljallangan ğildirakçaga ega. 

Rabbit R1 içida 2,3 GGs çastotali MediaTek protsessori, 4 Gb operativ xotira va 128 Gb içki xotira, şuningdek, quvvati bir kunga yetadigan batareya mavjud. Bularning barçasi Teenage Engineering firmasi dizayniga ega mitti korpusda yaşiringan. 

Qurilma qönğiroqlarni amalga oşirişi (SIM-slot bor), xabarlar yuborişi, har qanday savollarga javob berişi va taksiga buyurtma beriş yoki restoranda stol band qiliş kabi körsatmalarni bajarişi mumkin. Qurilmaning konsepsiyasi oddiy – sizga ilovalar kerak emas, faqat şaxsiy sun’iy intellekt (SI) yordamçisi bilan muloqot qiliş uçun qulay interfeys kifoya. 

Buning uçun kompaniya özining Rabbit OS operatsion tizimini işlab çiqdi. U bilan musiqa pleyerini boşqariş, kamera orqali mahsulotlarni tanib oliş, fayllarni yuboriş va boşqa amallarni bajariş mumkin. 

Rabbit R1 mart oyida 199 dollardan (≈2,5 mln söm) sotuvga çiqariladi.