2024 yilning 12 yanvar kuni O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan innovatsion "Coozin" platformasi ishga tushirildi. Shu munosabati bilan YeXHT va "The Coca-Cola Foundation" xalqaro xayriya fondi ko‘magida IT-Park Uzbekistan va Ishbilarmon ayollar xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Hilton" mehmonxonasida tadbir tashkillashtirildi. Platformaning ishga tushirilishi O‘zbekistonda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashadi.

"Coozin" loyihasi - o‘z-o‘zini band qilgan ayollarga tovarlari, jumladan uyda pishirilgan mahsulotlarini sotish imkonini beruvchi O‘zbekistondagi birinchi loyihadir. U “The Coca-Cola Foundation” xalqaro xayriya fondi ko‘magida YeXHT, IT-Park va O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. "Coozin" ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ayollar tadbirkorligi va o‘z-o‘zini band qilishni rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha nafaqat raqamli texnologiyalar yordamida biznesni yo‘lga qo‘yish orqali ayollarning tadbirkorlik potensialini mustahkamlaydi, balki, BMTning kambag‘allikni yo‘q qilish, munosib ish bilan ta’minlash va iqtisodiy o‘sish, innovatsiyalar va notenglikni kamaytirish kabi barqaror rivojlanish maqsadlarini ham amalga oshiradi.

Test rejimida ishlayotgan platforma hozirdanoq kuniga 25 ta buyurtmani qabul qilmoqda. Uning qulayligi sharofati bilan loyiha mamlakat bo‘ylab o‘z ta’sirini kengaytirmoqchi.

Platforma ishga tushishi munosabati bilan tashkillashtirilgan marosimga 30 dan ortiq latofatli tadbirkor ayollar ham tashrif buyurdi. Tadbirda YeXHTning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori Zilke Klyover, Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi boshqaruvi a’zosi va raisi o‘rinbosari Nigora Yakubova, IT-Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, "Coca-Cola" kompaniyasining Markaziy Osiyoda jamoatchilik bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori  Nazi Aripjanova kirish so‘zlari bilan nutq so‘zlashdi.

"YeXHT ayollarning iqtisodiyot sohasiga aralashuvi uning jonlanishi, barqaror rivojlanish va hamohang jamiyat qurishdagi o‘rni muhimligini tan oladi va bu YeXHT hududidagi xavfsizlik va muvozanatni ta’minlashini ta’kidlaydi. Shuning uchun tashkilot dasturlari va loyihalari iqtisodiyot sohasida gender tengligi, ijtimoiy himoya olishga teng imkoniyatlarni ta’minlash va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish choralarini qabul qilishga qaratilgan", - dedi o‘zining kirish so‘zida YeXHTning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori v.v.b Zilke Klyover.