Özbekistonga maişiy texnika importi uçun antidemping bojlari qöllanişi mumkin. Gazeta.uz'ning yozişiça, bu – boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi hukumat komissiyasining 25 dekabrdagi 118-sonli komissiya bayonnomasida közda tutilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qömitasi va “Özeltexsanoat” uyuşmasiga 2 oy muddatda xorijiy tajribadan kelib çiqqan holda, maişiy texnika vositalarini Özbekistonga import qilişda maxsus bojxona bojlarini (antidemping bojlari – örtaça 10 foizlik) joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş va Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirildi.
Antidemping boji – işlab çiqaruvçi mamlakatning içki narxlaridan past narxlarda, ya’ni dempingdan foydalangan holda import qilinadigan tovarlar uçun qöşimça boj.
Bayonnoma bilan, şuningdek, Bojxona qömitasiga respublikada işlab çiqarişi özlaştirilgan elektrotexnika va elektromaişiy mahsulotlar importi uçun bojxona tölovlarini hisoblaşda xos stavka metodi qöllanişi (foizdagi asosiy stavkadan taşqari, miqdor uçun ham stavka qöllanadi, masalan, oynali konditsionerlar/split-tizimlarni import qiliş uçun narxning 30 foizi miqdorida stavka qöllanadi, lekin bu mahsulotning har bir donasi uçun 50 dollardan kam bölmasligi kerak) ustidan nazoratni zimmasiga oliş buyurilgan.
Bojxona organlari, şuningdek, Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tomonidan reglament talablari va standartlarga nomuvofiq deb topilgan elektrotexnika mahsulotlarini erkin muomalaga çiqarişni qat’iy taqiqlaş çoralari körilişi lozim.
“Özeltexsanoat” uyuşmasi taklifi bilan elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvçi yirik korxonalar va eksportyorlarni “vakolatli iqtisodiy operatorlar” röyxatiga kiritiş amaliyotini joriy etiş közda tutilmoqda.
Mahalliy işlab çiqaruvçilari uçun yanada köproq imtiyozlar
Antidemping bojini joriy qiliş harakatlari fonida Özbekistonda elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yanada köproq imtiyozlar beriş











