Toşkent şahri Mirobod tumanida joylaşgan kafelardan biri yonib ketgan. FVV axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 13 yanvar kuni ertalab sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, soat 09:39 da Toşkent şahar FVBga Mirobod tumani, Sarakul köçasida joylaşgan kafelarning birida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar tuşgan.

Şunga köra, soat 09:44 da hodisa joyiga 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borgan va soat 10:35 da yonğin öçirilgan. 

Yonğin oqibatida kafe binosining taxminan 150-200 metr kvadrat tom va şift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğindan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.