Qozoğistonda Ozarboyjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston iştirokida jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida keng kölamli harbiy maşğulotlar ötkaziladi. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
«Bu yil mamlakatimiz hududida beşta davlat iştirokida keng kölamli öquv maşğulotlari bölib ötadi va ular yuqori taşkiliy saviyada ötkazilişi kerak. Qardoş xalqlar örtasidagi döstona munosabatlarni saqlab qoliş biz uçun nihoyatda muhim», dedi Qozoğiston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov.
Qozoğiston Mudofaa vazirining birinçi örinbosari, Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği general-leytenant Marat Xusainov sözlariga köra, 2024 yilda 160 dan ortiq tezkor va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbiri ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, ulardan eng ahamiyatlisi Ozarboyjon, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston harbiy-dengiz kuçlari, Harbiy havo kuçlari, «Ğarbiy» mintaqaviy qömondonligining maxsus operatsiya bölinmalari hamda harbiy kontingentlari iştirokida ötkaziladigan «Birlestik» maşğulotlaridir.












