Daniya qiroliçasi Margrete II 14 yanvar, yakşanba kuni Kopenhagendagi Kristiansborg saroyida taxtdan rasman voz keçiş töğrisidagi hujjatga imzo çekdi. Şundan söng, mamlakat boş vaziri Mette Frederiksen Margrete II ning öğlini yangi qirol - Frederik X deb e’lon qildi. 

83 yoşli Margrete II 2023 yil 31 dekabrda özining yangi yil nutqida taxtdan voz keçiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. 14 yanvar sanasi bu qadam uçun tasodifan tanlanmagan. 

Bundan roppa-rosa 52 yil avval, 1972 yil 14 yanvarda Daniya taxtiga Margrete II ötirgandi. Faqat uning amakivaççasi - Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II Yevropada uzoqroq hukmronlik qildi, u 70 yil taxtda ötirganidan keyin 2022 yil 8 sentabrda vafot etdi. 

Margrete II tuşuntirganidek, taxtdan voz keçiş qaroriga uning 2023 yil fevralida ötkazilgan bel operatsiyasi sabab bölgan. Operatsiya muvaffaqiyatli ötdi, ammo Margretega köra, bu uning taxtdagi istiqbollari haqida öylaşga majbur qildi. Daniya qiroliçasi taxtdan voz keçiş niyatini e’lon qilganida, uning nutqini tinglaş uçun Kopenhagendagi Amaliyenborg saroyi oldida töplangan odamlar qarsak çalib yubordi.