Ikkita hududda fuqarolarga pul evaziga haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Sirdaryo tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro F.G.ga YHXBda işlovçi tanişlari yordamida “V” toifadagi haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 700 dollar va 1,2 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Xorazm viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqaro M.R.ni YHXBda işlovçi tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasini oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyişi evaziga 7 mln sömn olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.