Sirdaryo viloyati Guliston tumanida öquvçilar bölgan Gentra kanalga tuşib ketdi. Viloyat IIB holat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni oçiqladi.
Ma’lum qilinişiça, 14 yanvar kuni haydovçi avtomaşinani Guliston tumani, Inoqlik mahallasi hududidan ötgan Öng tarmoq kanalining öng tomonida joylaşgan mahalliy içki yöl böylab boşqarib borayotib, rul boşqaruvini yöqotib, kanalga tuşib ketgan.
Bolalarning 3 nafari tirik qolgan, 2 nafari esa suvda oqib ketgan. Ikki yigit egizak bölgan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Boş prokuratura holat yuzasidan «Daryo»ga bergan ma’lumotga köra, voyaga yetmagan M.I. tegişli hujjatlarsiz buvisi B.I. ga tegişli bölgan qizil rangli Gentra’ni Guliston tumani, «Inoqlik» MFY hududidan oqib ötuvçi Döstlik kanali böyidagi avtoyölda boşqarib borayotib, boşqaruvni yöqotişi natijasida mazkur kanalga tuşib ketgan va yöl-transport hodisasini sodir qilgan.
Voyaga yetmagan M.I. yöl-transport hodisasini sodir qilgan vaqtda maşinada yölovçilar, uning sinfdoşlari voyaga yetmagan S.V., S.V., N.I. va D.N. bölgan. Yöl-transport hodisasi sodir bölganidan söng, avtomaşinadan M.I., N.I. va D.N. avtomaşina oynalarini sindirib, suvdan çiqqan, biroq voyaga yetmagan S.V. va S.V. çiqolmagan.
Gentra favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari tomonidan Döstlik kanalidan olib çiqilganda, voyaga yetmagan S.V. va S.V.ning murdasi topilmagan bölib, hozirda ularni topiş çoralari körilmoqda.
Hodisa sodir bölgan joy viloyat prokurori, viloyat IIB boşliği, viloyat IIB boşliği örinbosari, tuman prokurori, tuman IIB boşliği iştirokida hamda viloyat tergov-tezkor guruhi, EKB ekspertlari, favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari, iştirokida közdan keçirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylaştirildi.












