Bugun, 17 yanvar kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengaşining 90-sessiyasi bölib ötdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan suratlardan körinişiça, sessiyada Markaziy bankning Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği Erkin Mansurov ham iştirok etgan.

Erkin Mansurov ötgan yili oxiridagi korrupsiyaga qarşi kuraş tadbirlari doirasida qölga olingan edi. U özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş hamda mansab soxtakorligida gumonlanayotgandi.

Kun.uz manbasiga köra, Mansurov noqonuniy kredit ajratiş orqali qariyb 20 mln dollar miqdoridagi pul mablağlari talon-toroj qilingani holati böyiça figurantlardan biri deb körilgan.

17 yanvar kuni Markaziy bank axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Erkin Mansurov lavozimidan olinmagan va ayni paytda öz faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.

Prokuratura tizimidagi manbalarga köra, MBning Buxoro viloyati böyiça boşliğiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça ayb e’lon qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot çorasi qöllangan..