Özbekiston FVV Rossiyaning Samara oblastida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida uç nafar özbekistonlik halok bölib, yana tört kişi yaralanganini tasdiqladi.

«Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatçilik qismidan olingan ma’lumotga köra, joriy yilning 16 yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Rossiya Federatsiyasi, Samara viloyati, Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yölining 947 kilometrida harakatlangan Lada Largus rusumli  avtomobil va «Gazel» rusumli yuk avtomobili töqnaşişi oqibatida Lada Largus rusumli avtomobilda bölgan jami 7 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yölovçi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar körsatilmoqda.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Taşqi işlar, Içki işlar, Soğliqni saqlaş va Transport vazirliklari, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va boşqa tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib keliş yuzasidan kerakli barça zarur çoralar körilmoqda», deyiladi xabarda.

  • Eslatib ötamiz, 11 yanvar kuni ham Rossiyaning Penza oblastida içida Özbekiston fuqarolari bölgan JAC miniveni qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, Volvo rusumli yuk maşinasiga urilgandi. YTH oqibatida minivendagi yetti kişi, jumladan haydovçi voqea halok bölgan, şifoxonada yana bir kişining joni uzilgandi. Jarohatlangan yana bir kişi şifoxonada qolmoqda. Qurbonlarning jasadlari ötgan haftaning şanba kuni Özbekiston mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti orqali vatanga qaytarilgandi.