Bugun, 17 yanvar tongida Toşkent atmosfera havosining ifloslangani böyiça dunyoning yirik şaharlari orasida 8-örinni egalladi. Bu boradagi onlayn indeksni IQAir portalida köriş mumkin.
IQAir portaliga köra, soat 7:20 lar atrofida Toşkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 159 mkg/m3ni taşkil etgan – bu “xavfli” tasnifidagi körsatkiç hisoblanadi.
Reytingda 1-örinni Hindistonning Dehli şahri egalladi - PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 252 mkg/m3. Hindistonning Kalkutta şahri 2-poğonada - 203 mkg/m3. Uçlikka Pokistonning Lahor şahri yakun yasadi - 196 mkg/m3.
Pokistonning Karaçi şahri törtinçi örinni egallagan bölsa (194 mkg/m3), Hindistonning Mumbay şahri beşinçi poğonadan joy oldi (178 mkg/m3).
Şuningdek, reytingda dastlabki önlikdan Xitoyning Pekin, Bangladeşning Dakka, Özbekistonning Toşkent, Vetnamning Xanoy va Myanmaning Yangon şaharlari örin oldi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida salomatlik uçun eng katta xavf tuğdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.












