“Daraxt kesilişi kerakmi, kesilyapti. Ming afsuski, şu kesilişga xulosa ham beriladi, örniga 10 ta yoki 100 ta daraxt ekiş kerak, u yer obod qilinişi kerak, deb tavsiyalar beriladi. Ammo buni xeç kim nazorat qilmaydi. Ekologik ekspertiza xulosalari juda qat’iy, agar unga amal qilinadigan bölsa, şaharda bu darajada betartib binolar qurilmas edi”. Ekofaol Bunyodbek Abdullayev Toşkentning ekoinqirozga kirib qolişi sabablari haqida gapirdi.
Abdullayevga köra, respublika ekologik ekspertiza markazining qurilişlarga qöyiladigan talablari ilmiy asosda işlab çiqilgan. Xalqaro ekspertlar tomonidan ham tasdiqlangan. “Lekin juda köp qurilişlar oldin loyihani tasdiqlatib oladi-da, ekologik ekspertizadan xulosa olmasdan qurilişni boşlab yuborişadi”,– deydi ekofaol.
“Keyin oxirida binoga kadastr olayotganda ekspertizani olaman deb öylaşadi, lekin Toşkentda qurilayotgan juda köp binolarni suriştirsangiz, ekologik ekspertiza xulosasi olmasdan boşlangan binolar hisoblanadi. Ekologik ekspertiza xulosalari juda qat’iy, agar unga amal qilinadigan bölsa, şaharda bu darajada betartib binolar qurilmas edi.
Ekologik qonunbuzarliklar sodir etilganda öşa vaqtda faqat Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 38 ta moddasi bilan javobgarlikka tortiliş belgilangan edi. Bu – faqat ma’muriy, faqat jarimalar. Bir yil içida ekologik qonunbuzarliklar qayta-qayta sodir etilganda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hozir keyingi paytda qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlaş yoki boşqa qator ekologik jinoyatlar sodir etganda birdaniga jinoiy javobgarlik belgilaş, jazo çoralarini kuçaytiriş belgilanib borilyapti. Lekin bu ham qaysidir ma’noda ekologik jinoyatlarni töxtatib qolayotgani yöq”,– deya qayd etadi Bunyodbek Abdullayev.
Uning qöşimça qilişiça, davlat özi buyurtmaçi bölgan obekt qurilişlarida ekologik masalalar ikkinçi darajali bölib qolmoqda.
“Yöl qurilişi, metro qurilişi, ayniqsa ijtimoiy obektlar – davlat özi buyurtmaçi bölgan obektlar bor. Bunday vaqtda ekologik masalalar ikkinçi darajali böladi. Metro tuşişi kerakmi, tuşişi kerak. U yerda daraxt kesilişi kerakmi, kesilyapti. [Şunga] guvoh bölyapmiz. Lekin ming afsuski, şu kesilişga xulosa qanday beriladi, örniga 10 ta yoki 100 ta daraxt ekiş kerak, u yer obod qilinişi kerak deb tavsiyalar beriladi. Aytmoqçimanki, ekologik yönalişda olib borilayotgan işlarda hali yölning boşida ham, oxirida ham emasmiz. Buni doimiy takomillaştiriş kerak”,–







