Xitoy janubi-ğarbidagi Siçuan provinsiyasi Yajiang şahrida million tonnaga yaqin litiy rudalari topildi. Bu konni pegmatit tipidagi monomer litiy rudalarining Osiyodagi eng yirik manbasiga aylantirdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi Xitoy tabiiy resurslar vazirligi bayonotiga tayanib. 

Litiy batareyalar, quyoş panellari va elektromobillarni işlab çiqariş uçun zarur bölgan asosiy manbalardan biridir. Xitoy, öz navbatida, litiyni qayta işlaş böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi. Bu mamlakat global litiy işlab çiqarişning qariyb 60 foiz uluşiga ega. 

2023 yil iyul oyida Xalqaro energiya agentligi elektromobillar, şamol turbinalari, quyoş panellari va boşqa ekologik toza texnologiyalarni işlab çiqariş uçun zarur bölgan metallar va minerallar bozori sönggi beş yil içida ikki baravar köpayganini xabar qildi. Şu bilan birga, litiyga bölgan talab uç barobar oşdi. 

Ba’zi hisob-kitoblarga köra, Xitoy innovatsion energetika va transport, yarimötkazgiçlar işlab çiqariş, harbiy sanoat va boşqalar uçun zarur bölgan nodir yer elementlarini qazib olişga investitsiyalar böyiça Ğarb davlatlaridan allaqaçon sezilarli darajada oldinda. Iyul oyida Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki Ğarb davlatlari bu borada Xitoyga yetib oliş uçun sohaga kamida 25 milliard dollar sarmoya kiritişi kerakligini ma’lum qilgan edi.