Infinix halqaro texnologiya kompaniyasi HOT 40 Pro, HOT 40 va HOT 40i’ni o‘z ichiga olgan HOT 40 to‘liq seriyasini sotuvga chiqardi va geymerlarga hamyonbop smartfonlarni taklif qildi. Oldingi avlod bilan taqqoslaganda yangi mahsulotlar sezilarli darajada kuchliroq protsessorlar, yaxshilangan ekranlar, kengaygan kamera imkoniyatlari va yangi dasturiy ta’minot versiyasiga ega. Shu bilan birga, seriya hali ham tez zaryadlashni va o‘yinlarda yuqori sifatda ishlashni taklif qiladi.

“HOT 40 seriyali smartfonlar ajoyib ishlashi va estetik jihatdan hayratlanarli dizayni bilan ajralib turuvchi zamonaviy xususiyatlari bilan yetakchilik qiladi. U Infinix kompaniyasining innovatsion texnologiyalarni uslub va amaliylik bilan uyg‘unlashtirib, foydalanuvchilarga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish g‘oyasini o‘zida mujassam etgan va bularning barchasi maqbul narxda”, - deydi Infinix kompaniyasining HOT seriyali mahsulotlar direktori Summer Yao.
Mobil o‘yinlar
HOT 40 seriyali smartfonlar 5000 mA/soat sig‘imli katta akkumulyator va individual “Marafon chidamlilik” yechimiga ega, natijada, batareya zaryadining so‘nggi besh foizi qolganda ham 2 soatgacha suhbatlashish mumkin.

HOT 40 real vaqt rejimida haroratni kuzatish maxsus tizimi bilan 33 Vt tez zaryadlash imkoniyatiga ega. Ushbu yechim tufayli atigi 35 daqiqada 20% dan 75% gacha zaryadlash imkoni bor va quvvatni sezilarli yo‘qotishlarsiz batareyaning umumiy ishlash muddati 4 yilgacha bo‘ladi. Model, shuningdek, teskari zaryadlash funksiyasi bilan jihozlangan.
O‘ta tezkor sakkiz yadroli protsessor va samaradorlik
HOT 40 ekrani diagonali 6,7 dyuym, 1080x2640 piksel va yangilanish tezligi 90 Gs bo‘lib, silliq o‘tish va aniq tasvirlarni kafolatlaydi. Matritsa ham IPS, eng yuqori yorqinligi 500 nitni tashkil qiladi.
Ekranda, shuningdek, “Magic Ring” tizimi mavjud bo‘lib, u tabletka shaklidagi qora chiziqdan iborat bo‘lib, selfi kamerasi uchun kesilgan joy mavjud. Bu smartfon egasiga bildirishnomalar mavjudligini ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, Magic Ring real vaqt rejimida zaryadlash eslatmalari, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish kabi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Sozlamalar - maxsus xususiyatlar - Magic Ring bo‘limiga o‘tish orqali ushbu xususiyatni topishingiz va yoqishingiz mumkin.

















