«Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tovlamachilikda gumonlanib ikki kishi qamoqqa olindi. Yana biri qidiruvda
Toshkent shahar IIBB juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumonlanayotgan jinoiy guruh a’zolari haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
- 1976 yilda tug‘ilgan Xayrulla Yuldashev (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
- 1987 yilda tug‘ilgan Ulug‘bek Mirzahmedov (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981 yilda tug‘ilgan Rovshan Badalbayev (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) qidirilmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025