Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari shifoxonaga yotqizilganidan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi
U o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin shifoxonaga yotqizilganidan keyin birinchi marta Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining «Ramshtayn» formatidagi 18-yig‘ilishida ishtirok etdi. Ostin majlisda uydan video-aloqa orqali muloqot qildi. Anjumanda Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov ham qatnashdi.
«E’tibor berganingizdek, bugun men uydan qatnashyapman. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman va tez orada Pentagonga qaytishni intiqlik bilan kutyapman. Men sizning barcha iliq tilaklaringiz uchun minnatdorman», deb boshladi Lloyd Ostin suhbatni.
AQSh Mudofaa vaziri 1 yanvar kuni rejalashtirilgan tibbiy muolajalar oqibatida yuzaga kelgan asoratlar tufayli shifoxonaga yotqizilgan edi. Pentagon mamlakat rahbariyatini vazirning shifoxonaga yotqizilgani haqida faqat 4 yanvar kuni xabardor qilgani sababli, Oq uy departamentda tekshiruv o‘tkazdi. 15 yanvar kuni Ostin prostata saratoni asoratlari tufayli davolanayotgan shifoxonadan chiqarildi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, vazir ma’lum muddat uyda ishlaydi.
Mavzuga oid
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
20:27 / 14.01.2026