“ Mastercard bilan qatnov” aksiyasi jamoat transportida yo‘l haqini 1000 so‘mga tushirish imkonini beradi. Taklifdan foydalanish uchun yo‘lovchi avtobusga chiqaverishda yoki Toshkent metropolitenining turniketida joylashgan ATTO validatoriga Mastercard kartasini tekkizish orqali yo‘l haqini to‘lashi kerak bo‘ladi.
Kontaksiz to‘lovlar 20 yil oldin bozorda ilk Mastercard kontaksiz plastik kartalari paydo bo‘lganda yuzaga kelgandi. Mastercard® Contactless (avvalgi MasterCard PayPass) texnologiyasi to‘lovlarni “bir teginish” orqali, kartani terminalga tekkizish yordamida o‘tkazish imkonini beradi. Bu to‘lovning xavfsiz, tezkor va ekologik toza usuli sanaladi.
“ Mastercard bilan har qanday sayohat qulayroq va foydaliroq bo‘ladi, hatto bu shaharning u boshidan bu boshigacha bo‘lgan qisqa sayr bo‘lsa ham. Kontaksiz bank kartasi bilan yo‘l haqini to‘lash – “aqlli shaharlar” konsepsiyasining uzviy qismi bo‘lib, uni rivojlantirish ustida Mastercard butun dunyo bo‘ylab ish olib bormoqda. Bu konsepsiyaning mohiyat-zamirida texnologiyalar insonlar hayot sifatini yaxshilashi kerakligi yotadi.
Transport tizimini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni joriy qilishda ko‘maklashish – O‘zbekistondagi faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biridir. Mastercard texnologiyalari bilan shahar infratuzilmasi shaharliklar va sayyohlar uchun yanada qulay va do‘stona bo‘ladi”,- qayd etdi Mastercard’ning O‘zbekiston va Belarusdagi bosh direktori Denis Filippov.
Yo‘l haqining maxsus narxi Mastercard'ning kobeyjingdan tashqari istalgan kartalari bilan to‘lashda amal qiladi. Kobeyjing kartalari – bu bir vaqtda ikkita to‘lov tizimi tomonidan chiqarilgan kartalardir. Ularda Mastercard logotipidan tashqari, boshqa to‘lov tizimi (masalan, Uzcard yoki Humo) logotipi ham bo‘ladi.
“ Mastercard bilan qatnov” aksiyasi Toshkentda 2024 yil 15 fevralgacha, boshqa shaharlarda – 2024 yil 15 aprelgacha davom etadi. Tashkilotchi aksiya muddatini uzaytirish yoki qisqartirish huquqiga ega.
Mastercard kartasini quyidagi banklarda ochish mumkin: Anorbank, Asia Alliance Bank, Asaka Bank, Ipoteka Bank
















