O‘zbekiston | 12:26 / 24.01.2024
2662
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qardosh tillarda o‘qitiladigan maktablar badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi

Vazirlar Mahkamasining "Qardosh tillarda o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarini badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • ta’lim qardosh tillarida olib borilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun nashr etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati;
  • qardosh tillarda nashr etilgan badiiy adabiyotlarning hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlanadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi:

  • o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlarni qardosh tillarida tarjima qilish hamda kitoblarni nashr etishda “Davlat xaridlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etgan holda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillari asosida tarjimonlar va nashriyotlarni tanlab olish choralarini ko‘radi;
  • nashr etilgan badiiy adabiyotlarni o‘rnatilgan tartibda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yetkazilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi qardosh tillarida tarjima qilinadigan o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlarni mazmun jihatidan qayta ko‘rib chiqadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

  • nashr etilgan badiiy adabiyotlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazilishini ta’minlaydi;
  • ta’lim qardosh tillarida olib borilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi nashr etilgan badiiy adabiyotlar taqdimotlarini o‘tkazish orqali o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yadi;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida “Kitobxon o‘quvchi”, “Kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovini tashkil etadi;
  • nashr etilgan qardosh tillaridagi badiiy adabiyotlarning elektron shakllarini kitob.uz portallariga doimiy ravishda joylashtiradi.

Mavzuga oid