Ukrainada uruşning 699-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qöşini Ukraina böylab yopirilma raketa zarbalari yölladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruşning 699-kuni yakunlari böyiça keçki murojaatida zarbalar oqibatida 18 kişi halok bölib, yana 130 kişi yaralangani haqida aytdi.
- NATO Yevropada sovuq uruş davridan buyon eng yirik maşğulotlarini boşlamoqda. Maşğulotda alyansdagi mamlakatlardan biriga «deyarli teng kuçli raqib» hujum qilgan holatda harakatlaniş böyiça taktikalar işlab çiqiladi.
- Mstislav Çernovning «Mariupolda 20» filmi eng yaxşi hujjatli film nominatsiyasida «Oskar»ga nomzod böldi.
- Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto ukrainalik hamkasbi Dmitro Kuleba bilan uçraşuvdan oldin tahdidli maktub olgan.
- Ukrainada Moskvaning TsSKA klubi prezidenti Yevgeniy Ginerga tegişli bölgan PINbank banki davlat nazoratiga ötkazildi.
- RF hukumati da’vogar harbiy xizmatni ötagan yoki uruşda nogiron bölib qaytgan holatlarda unga iş berişni rad etişni taqiqlaşni rejalaştirmoqda.
- AQŞ razvedkasi «Men nima uçun MRB bilan boğlandim: Vatan uçun» nomli rolik çiqarib, rossiyaliklarni hamkorlikka çaqirdi.
Xarkiv va Kiyev raketa hujumidan keyin
Rossiya qöşini 23 yanvar tongida Ukrainaning Kiyev, Xarkiv va Dnipropetrovsk oblastlari böylab yoppasiga raketa hujumi uyuştirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy zarbalar oqibatida jami 18 kişi halok bölib, yana 130 kişi yaralanganini ma’lum qilgan. 200 dan ortiq obektlar zararlangan, jumladan 139 ta turar joy.
Kiyevning Svyatoşinskiy rayonida avtomobillar, noturar binolar va köp qavatli uylardan biridagi kvartira yonib ketgan. Solomenskiy rayonida turar joy şikastlangan, Darnitskiy rayonida urib tuşirilgan raketa parçalari köp qavatli turar joy topiga hamda bolalar boğçasi hududiga tuşgan. Kiyevda jami 22 kişi jabrlangan, ulardan tört nafari bolalar. Oblastda raketalar parçalari qulaşi oqibatida tört kişi jarohat olgan.
Xarkivda bir neça raketa Kiyev va Saltivka rayonlariga kelgan. Hujum oqibatida sakkiz kişi halok bölib, yana 62 kişi jabrlangan. Raketalar köp kvartirali turar joyni, xususiy uyni, öquv muassasasi binosi hamda boşqa fuqarolik infratuzilmalarini şikastlagan. Uylardan birining pod’yezdi töliq vayron bölgan. Kiyev rayoni qisman tok va suvsiz qolgan. Xarkiv çekkasida raketalardan biri gaz quvuriga urilgan, u yonib ketgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ukrain şaharlari yoppasiga öqqa tutilişini «rossiyaliklar terrori» deb atagan. Rossiyaning TASS axborot agentligi


























