Andijon viloyatining Şahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida taşkil etilgan buyum bozorida yonğin sodir bölgani xabar qilingandi. FVV hodisa böyiça qöşimça ma’lumot taqdim etdi.
Yonğin haqidagi xabar FVBga 25 yanvar kuni soat 23:30 da kelib tuşgan. Şunga köra, 20 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin 26 yanvar kuni soat 00:30 da örab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yonğin natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yonğin oqibatida fuqarolarning kuyiş tan jarohatini oliş va halok böliş holatlari töğrisida ma’lumotlar kelib tuşmagan.
Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari çiqqan.












