25 yanvar kuni Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Bu qaror qabul qilingan yiğilişdan keyin boşqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov, uning birinçi örinbosari Nodirbek Saydullayev va örinbosari Behzod Hamrayev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Rossiyani hisobga olmaganda, boşqa davlatlardan pul ötkazmalari 15 foizga oşdi

2023 yilda Özbekistonga 11,4 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kirib kelgan. Bu – 2022 yilga nisbatan 33 foizga kam, 2021 yilga nisbatan esa qariyb 42 foizga köp. Aholining real daromadlari ham ötgan yilda 4,6 foizga ösgan. Pul ötkazmalari yalpi talabni qöllab-quvvatlovçi asosiy drayverlardan biri bölgan. 2024 yilda real iqtisodiy ösiş 5,5-6 foiz oraliğida şakllanişi prognoz qilinmoqda.

“Tadqiqotlarimizga köra, Rossiyaga işlaş uçun borganlar soni 12 foizga kamaygan. Ikkinçi tomondan olib qaraydigan bölsak, mehnat migratsiyasining geografiyasi kengayayotgan bölişi mumkin. Pul ötkazmalari borasida 2024 yilda kamayiş emas, aksinça 5-6 foiz ösiş kutyapmiz. Ikkinçi tomondan, umumiy pul ötkazmalari 33 foizga kamaygan bölsa, Rossiyadan ötkazmalar 39 foizga qisqardi. Albatta, ma’lum bir jihatdan buning ta’siri böldi. Öz navbatida, boşqa davlatlardan keladigan pul ötkazmalari 15 foizga oşdi”, dedi Mamarizo Nurmurodov.

2023 yilda sömning qadrsizlanişi 9,8 foizni taşkil qilgan

Söm 2023 yilda 9,8 foizga qadrsizlangan. Kursning devalvatsiya davri yilning ikkinçi yarmiga töğri kelib, asosiy savdo hamkor davlatlar valuta kursidagi özgarişlar va taşqi savdo balansidagi şakllangan holat almaşuv kursiga ma’lum darajada bosimni kuçaytirib, devalvatsiyani tezlaştirgan.

“Joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalarni inobatga olib, kelgusi oylarda sömning real almaşuv kursiga yuqori bosimlar kuzatilmasligini kutyapmiz. Markaziy bank heç qaçon kurs böyiça prognoz bermaydi. Faqat kutilayotgan kutilmalar va ularning qanaqa ta’sirlari bölişini aytib ketamiz”, dedi MB raisi.

Mamarizo Nurmurodov ma’lumotlariga köra, sömdagi bank depozitlari yuqori foiz stavkasida şakllanyapti, bu esa bank depozitlari ösiş sur’atini 2023 yilda ham saqlab qoliş imkonini bergan. Inflatsiyani targetlaş strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri – odamlarning sömdagi omonatlarini oşirişdan iborat.

“Bu boradagi işlar körinmayotgan bölsa ham, ba’zi raqamlarni keltirib ötsam. 2019 yilda aholining omonatlari 2 mlrd dollar ekvivalentiga teng bölgan bölsa, 2023 yil yakuniga mazkur körsatkiç 7 mlrd dollarga yetdi. Oxirgi 3 yilda milliy valutadagi depozitlarning ösişi yiliga 1,5 barobardan kam bölayotgani yöq”, dedi u.